Indogratismp3.xyz Download Lagu Terbaru, (6.66 MB) Shayx Abduvali qori - Ixlos haqida mp3 Download - indogratismp3.xyz , Download Lagu Barat Gratis, Free Mp3 Musik Downloads, Top Gudang Lagu, Indo Gratis Hits Mp3

Shayx Abduvali qori - Ixlos haqida.mp3

Shayx Abduvali qori - Ixlos haqida
Shayx Abduvali qori - Ixlos haqida

Music Details
Name Shayx Abduvali qori - Ixlos haqida.mp3
Uploader Islomdini
ON 2009-08-31 08:15:01
Genre Music
Duration 38:46
Size 6.66 MB
Type Audio
Source SOUNDCLOUD.COM
BitRate 128kpbs
Download 98x
Total Play 16531
Privacy Police All material is copyright to their respectful owners and no copyright infringement is intended. this File uploaded By Islomdini
Description To'plam: Dushanbalik darslar; 1-dars: Ixlos haqida. BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM (Allohga hamdlar va maqtovlar bo’lsin. Undan so’raymiz: Nafslarimiz yomonligi va amallarimiz xatoliklaridan Allohning panohiga o’tamiz. Alloh kimni hidoyat qilsa, uni hech kim adashtira olmas va Ul zot adashtirib qo’ygan kishini biror kimsa hidoyat qila olmas. Yolg’iz Allohdan boshqa ibodatga haqli biror iloh yo’qligiga guvohlik beraman. Uning sherigi yo’q va Muhammad Ul zotning quli va elchisi ekanligiga guvohlik beraman). Har bir amal zohirda qanday katta bo’lishligidan qat’iy nazar, ko’rinishi qanchalik hayratomuz bo’lishiga qaramasdan, uning zamirida ixlos bo’lmasa, u holda bu amal xabata (bekor)dir. Ammo ko’rinishidan kichkina bo’lsa ham, uning zamirida ixlos bo’lsa, u holda bu amal Alloh Taoloning huzuridagi maqbul amaldir. Shuning uchun ham, biz yaxshu tushunmog’imiz kerakki, islom dinidagi muxim asoslarning eng kattasi – har bir qilinayotgan amalda, ya’ni ibodatlarda Alloh subhanahu va taologa ixlosni ro’yobga chiqarib vujudga keltirishlik shartdir. Ixlosga zid bo’ladigan narsalardan tamomiy ehtiyot bo’lmoqlik lozimdir. Shu boisdan ba’zi ulamolar: ”Men istardimki, fuqoha kishilarning ichida faqat odamlarga qilayotgan amallaridan nima maqsad ekanligini bildirib ta’lim beradigan alohida olimlar bo’lishligini xohlar edim. Shuningdek, niyatlarning niyat amallari haqida odamlarga darsga alohida xos kishilar o’tirishligini istardim. Chunki odamlarga kelgan hamma musibat shu – odamlar ixlos sifatining yo’qotganliklaridan paydo bo’ladi”. Ixlos – qalb amali. Qalb amalini inson ko’rsata olmaydi. Bu faqatgina Alloh subhanahu va taolo bilan banda o’rtasidagi sirdir. Amalning zohiri, buni biz ko’rishligimiz mumkin, ammo ixlosni biz ko’ra olmaymiz. Qalb amalining muximligi shu darajadaki, ahli sunna val jamoa iymonni shunday ta’riflashganki: 1. Til bilan iqror bo’lishlik, bu – zohir; 2. Qalb bilan e’tiqod qilishlik, bu – maxfiy, ko’rinmaydi; 3. Shariat ruknlariga amal qilishlik, bu ham – zohir. Qalb bilan e’tiqod qilishlik – IXLOS! Mana shu ixlos topishlik bilan, inson MO’MIN bo’ladi. Shu ixlos topilmaslikdan MUNOFIQ bo’ladi. Shu ixlos topilmaslik oqibatida DO’ZAXning eng pastki qismida bo’ladi. Biz shuni bilmog’imiz lozim! Ammo til bilan iqror bo’lish va ruknlarga amal qilish bu bilan agar munofiq bo’lsa – qalbida ixlos topilmasa, bu bilan u musulmonlar safida yashab, musulmonlarning qatorida yuraveradi. Demak, shu qalbdagi e’tiqod – ixlosning topilmasligi bilan, inson – munofiq, topilishligi bilan esa, inson – mo’mini komilga aylanadi. Shuning uchun biz har bir sohada ixlosga e’tibor bermoqligimiz kerak. Alloh subhanahu va taolo bizga dinni faqat Alloh subhanahu va taoloning o’zigagina xolislik bilan qilishlikka buyurdi: ”Dinni Alloh subhanahu va taoloning o’zigagina xolislik bilan qilishlik…ka ma’mur bo’lishgandir”(Bayyina,5) Din – amalni Alloh subhanahu va taoloning o’zigagina xolislik bilan qilishlikdir. Dinning ma’nosi bundan boshqamas! Biz ixlosni yanada tushunmoqligimiz uchun misol: - dunyodagi eng katta amallardan bittasi - mukofotlar shariat ilmini talab qilishlikka tayin qilinganidir. - buning muqobalasidagi past amallardan bittasi - amalning xabata bo’lishligiga sabab bo’ladigan narsa – it boqishlikdir. (Kim it boqsa – (choponlar ba’zi bir posbonlik maqsadida boqilishlik mustasno) – kim havas qilib, hech bir maqsadsiz it boqsa, u holda uning amali xabata bo’ladi, degan so’z bor. It tekkan idishni 7 marta yuvib, 8-sida tuproq bilan yuvilish lozim. Shundagina bu idish toza hisoblanadi). Shariat ilmini o’rganishlik – eng katta mukofot oladigan amaldir. Bovujud, agar shu shariat ilmini o’rganayotgan insonda ixlos topilmasa, bu amalda Alloh subhanahu va taoloning rizoligi talab qilinmasa, u holda u eng katta azobga sazovor bo’ladi. Endi ana bu it ro’baro’sidan chiqqan vaqtida, ya’ni u tekkan idish 7 marta yuvib, 8-sida tuproq bilan yuvilsagina toza bo’ladigan it ro’baro’ bo’lgan vaqtda shuni chanqoqlik holatda topib, Alloh subhanahu va taoloning rizoligi uchun ixlos bilan bu itni halok bo’lishlikdan saqlanib qolishiga sababchi bo’lsa, u holda Alloh subhanahu va taolo uning gunohlarini mag’firat qiladi. Demak, biz ixlosning qanchalik muximligini bilib olishimiz lozim! Rosululloh sallallahu alayhi vassallamning muborak hadislaridan misol keltirmoqchiman, imomi Abu Davud rivoyat qilganlar: ”Agar Allohning rizosi talab qilinadigan Oxirat ilmni dunyoda bir matoga erishishlik maqsadida o’rgansa, Qiyomat kuni jannatning bo’yini ham tatiy olmaydi”. Jannatning bo’yi, hidi 500 yillik masofadan kelib turadi. ”Minhaji sunna”da mana shu hadisi sharifni keltirganlar: Shariatda qattiq gunoh – zinoni qilgan va bu gunoh maxfiy qolgan, ma’lum fursat o’tgan. Agar ma’lum bo’lib, guvohlar ko’rganida, toshbo’ron qilib o’ldirilishi kerak. Bu esa maxfiy qolgan. Mana shunday katta gunohni qilgan ayol chanqab xarsillab qolgan bir itni ko’rib, o’z oyoq kiyimida quduqdan suv olib chiqib, sug’orib, shu itning chanqoqg’ini bosgan. Mana shu chanqoqlikni bosishlik xolis iymon bilan bo’lganligi uchun gunohi kechirilgan. Bo’lmasa, har bir zinokor itni… nafaqat it, balki insonni sug’organ har bir zinokor insonning ham gunohi mag’firat qilinavermaydi. Biz bu bilan ixlos amallarda naqadar ulug’ ekanligini bildirmoqchimiz. Bundan tashqari, buning muqobalasida, Rasululloh sallallahu alayhi vassallamning bir rivoyat qilingan sahih hadisini keltirmoqchimiz, Abu Xuroyra roziallahu anhu rivoyat qiladilar: ”Dunyoda bizning ko’z oldimizga janobi Rasululloh sallallahu alayhi vassallam uchta ulug’ amalni olib kelyapti. Bu amallarni qilgan kishilar, bizning nazarimizda, eng katta amal qilgan insonlar, lekin, bovujud, ularning do’zaxga tushganligini bizga tasvirlab beryaptilar: Qiyomat kuni eng avvalda hukm qilinadigan kishilar – shahid bo’lgan odam, ya’ni ko’rinishda shahid bo’lgan. Biz uni ”shahid bo’ldi” deymiz. Olib kelinadi. Alloh subhanahu va taolo o’zining ne’matini unga tanittiradi. U ham taniydi. ”Senga ne’mat berdim. Yo’qdan bor qildim, senga ko’pdan ko’p ne’matlar bedim” deb tanitadi. Bu ne’matlarga banda iqror bo’lib, tan oladi. - Xop, buncha ne’matni olib, nimaga, qayoqqa sarf qilding? - Sening yo’lingda jang qildim. Xattoki shahid bo’ldim. - Yolg’on aytding! – deydi Alloh subhanahu va taolo. – Sen ”qahramon” deyishlari uchun jang qilgansan! Seni qahramon, deyishdi – mukofotingni olding. Buyuriladi, yuzi bilan sudralib, do’zaxga uloqtiriladi… Ikkinchi kishi ilm o’rgangan. Boshqalarga o’rgatgan. Qur’oni Karimni o’qigan. Mana shu amallarni qilgan kishi olib keltiriladi. Biz uni eng ulug’ kishi, deb bilamiz. Haqiqatdan ham, ko’rinishidan ulug’ odam. Alloh subhanahu va taolo ne’matlarini tanitadi: ”Bu ne’matni berdim, bu ne’matni berdim. Yana ilm berdim. Ta’lim berishlikni ham senga nasib qildim. Qur’on o’rganding. Qur’onni o’rgatding”. Bu ne’matlarga banda iqror bo’lib, tan oladi. - Xop, buncha ne’matni olib, nimaga, qayoqqa sarf qilding? - Ilm o’rgandim. Va o’rgatdim. Sening yo’lingda Qur’on o’qidim. - Yolg’on aytding! – deydi Alloh subhanahu va taolo. – Sen ”olim” deyishlari uchun ilm o’rgangansan! Qur’onni ”qori” deb nom chiqarishlik uchun yod olding. Sening haqingda bu mikofotlar aytildi hayotda: seni olim, qori, deyishdi – mukofotingni olding. Buyuriladi, yuzi bilan sudralib, do’zaxga uloqtiriladi… Uchchinchi kishi davlat sohibi bo’lgan. Alloh subhanahu va taolo unga turli davlat, boyliklarni ne’mat qilgan. Olib keladilar. Alloh subhanahu va taolo ne’matlarini tanitadi. Bu ne’matlarga banda iqror bo’lib, taniydi, biladi. - Xop, buncha ne’matni olib, nimaga, qayoqqa sarf qilding? - Sen rozi bo’ladigan yo’llarni qoldirmasdan sarf qildim. (Birodarlar, bid’atga sarf qilganmas! Shirkka sarf qilganmas! Kufrga sarf qilganmas! Faqat Alloh buyurgan joylarga sarf qilgan! Ammo… bu ishlarni sahiy, xotamtoy deyishlari uchun muruvvat qilgan. Biz buni avvalo Alloh yo’lida sarf qila olmayapmiz…) - Yolg’on aytding! – deydi Alloh subhanahu va taolo. – Sen ”sahiy” deyishlari uchun sarf qilgansan! Odamlar sening haqingda ”niyatda sahiy” deb maqtashhdi. Sen bu mukofotingni olib bo’lgansan. Shu maqsad edi, sen uni olding. Adolat – bu ayni! Buyuriladi, yuzi bilan sudralib, do’zaxga uloqtiriladi…” (Imom Muslim rivoyatlarida keltirilgan) Mana bu hadisdan biz o’zimizga xulosa chiqarib olamizki, ixlos bilan bo’lmagan amal – u qancha katta ko’rinishlikda bo’lmasin - xabata amaldir. Demak, har bir mo’min kishi o’zining qilayotgan amalining ko’rinishiga e’tibor berishlikdan ko’ra, ixlos – Allohning rizosini o’zimizga maqsad qilib olishimiz kerak. To’g’ri – ko’rinishiga e’tibor beramiz. Ko’rinishda ham Kitob va Sunnatga ko’ra bo’lishligiga e’tibor beramiz. Shu ishga Alloh buyurganmi-yo’qmi – mana shunga e’tibor berishimiz shart. Ayni paytda eng avval, ixlos – Allohning rizosini o’zimizga maqsad qilib olishimiz kerak. Ulamolar ”Ixlos – nima?” degan savolga ta’rif berishgan ekanlar: ”Itoat qilinayotganda faqat Alloh Taoloning o’zini qasd qilishlik.” Yana ba’zi ulamolar: ”Ixlos maxluqlarning mulohazasidan qalbni tozalashlik” degan ekanlar. ”Falonchi nima der ekan…” degan hadiklardan qalbni holi qilishlik tushunilarkan. ”Muxlis – kim?” – degan savolga: ”Odamlarning qalbida birovlarning qalbida bo’lgan har bir qadr-qiymat chiqib ketgan bo’lsa ham, e’tiborga olmaydigan odam - muxlis” – degan javob bo’larkan. Chunki u o’zi bilan Alloh o’rtasida tuzatishlikka shunday ovora bo’lganki, tamoman qalbini Alloh bilan o’zi o’rtasida tuzatishlikka e’tibor bergan. Amalaridan kichkinasini ham odamlar ko’rib qolishini xohlamaydi bunday odam. Mana bu – ixlosdir! Biz ixlosni yana ham yaqindan bilishlik uchun ba’zi bir ixlosga aks bo’lgan amallar haqida ham bilsak, ixlos haqida tushunchamiz yanada tushunarliroq bo’ladi. Ixlosga zid bo’luvchi narsalar: 1. Riyo - odamlarga ko’rinish maqsadida qilingan ibodat. ”Odamlar maqtasin” deb… Ta’zim, maqtov, moyillik, haybat – shularni maqsad qiladi. Mana bu – riyodir. Bundan saqlanishlik – ixlosdir! 2. Sumaa – odamlar shuni ehsitsin, degan maqsadda qilinadigan ibodat. Buning lug’ati bizni tilda iste’mol qilinmaydi, ya’ni bizning tilda ”Xo’jako’rsinga ish qilish” degandek gap. ”xo’jako’rsin” – riyo, ”xo’jaeshitsin” – sumaa. Abu Homid G’azzoliydan rivoyat keladi: ”Menga shu xabar yetdiki, kim Alloh rizoligi uchun 40 kun ixlos bilan, ijtihod bilan amal qilsa, uning qalbidan tiliga hikmat chashmalari oqib chiqadi. Gapirgan so’zi hikmat bo’lib qoladi. Men qattiq o’z ustimda ishlab ixlos bilan amal qilib yurdimki, bu narsa menda hosil bo’lmadi… Bu holni ba’zi bir orifi billahlarga bayon qildim. Ular: ”Sen hikmatning chiqishligi uchun harakat qilding. Alloh uchun harakat qilmading” deb javob qildilar”. Shunchalik ixlos bo’lishi kerak. Ba’zi kishilar ixlosni hosil qilishlik haqida so’rashganda, javob qilingan ekanki: Birinchi ko’rinmaydigan ibodatlarni ko’p qilishlik. Ham ko’p, ham maxfiy qilishlik. Masalan, kechasi bedor bo’lish. Kimdir falonchi tunda bedor, desa, buni aksini qilib, bedor bo’lmaslik. Shu bedor bo’lganligingizni bildirmaslikka harakat qilishingiz kerak. Ikkinchisi, sirriy sadoqotlar qilishlik. Hech kim bilmaydigan sirli sadoqotlar qilishlik. Uchunchisi, holi vaqtda, holi joyda Allohdan qo’rqib yig’lashlik. Mana shunda ixlos paydo bo’ladi. Umar al Farruq: ”Kim o’zining zarariga bo’lsa ham Alloh uchun holis ish qilsa, Alloh subhanahu va taolo u bilan odamlarning o’rtasiga kifoya qiladi” degan ekanlar. Kelishmovchiliklarini Alloh o’zi o’nglab qo’yadi. Odamlar bilan o’zingizni o’nglashga harakat qilmanglar, birodarlar. Bu qiyin narsa. Agar 100 yil umr berilib 99 yilu bir kuni kam 100 yil odamlarni xursand qilib, bir marta ko’nglini ola olmasangiz, shu kuni sizdan xafa bo’ladi. Agar odamlar bilan o’zingizni o’rtangizni tuzatmoqchi bo’lsangiz, u holda Alloh subhanahu va taologa niyatingizni holis qilmog’ingiz kerak. Garchand, bu o’zingizning nafsingiz zarariga bo’lsa ham. Alloh subhanahu va taolo siz bilan odamlarning o’rtasiga kifoya qiladi! Ammo o’zingizda yo’q sifat bilan odamlarga o’zingizni ziynatli qilib ko’rsatsangiz – qiyomul laylda bo’lmasangizu o’zingizni xuddi bedor kishiga o’xshatib, o’zingini riyokor qilib ko’rsatadigan bo’lsangiz, u holda Alloh subhanahu va taolo ayblaydi. Bir savol tug’iladi: Ba’zi bir amallarda bandani rioya qilishlik mumkinmi yo’qmi? Misol: Imom namozda quloq qoqib, birinchi rakaatni o’qiyotganda, oyoq tovushlarini eshitdi-yu, shularning mana shu rakaatga yetib olishliklari uchun rukuda uzoqroq turib qolishlik holati. Yoki shu kabi ba’zi ibodat ustida boshqalarga yordam berishlik uchun odamlarni rioya qilishlik ham riyo bo’ladimi? ixlosga zidmi yo yo’qmi? - degan savol paydo bo’lishi mumkin. Masalan, ba’zi bir amallarimiz borki, bu ibodatda boshqa birodarlarimizning ham ibodatlari sof bo’lishligi uchun yordam berishimiz bo’lib qoladi. Bunda ularga rioya qilishlikka to’g’ri kelib qoladi. Shu riyomi? Shu ixlosga zidmi yo yo’qmi? Biz aytamizki: ”Yo’q!” - deymiz. Hujjat: rasululloh sallallahi alayhi vassallam: ”Men namozga kiraman. Namozni uzun o’qigim keladi, ammo to’satdan go’dak bolaning yig’isini eshitib qolaman. Shundan keyin niyatimni buzaman-da, uzun surani o’qimasdan qisqaroq qilaman. Nima uchun? Shu namozda turgan shu bolaning onasini shu bolasining yig’isidan ko’p alamlanganligidan”. Shu o’rinda bu hadis mavzudan chatga chiqsak ham, eslatib qo’ymoq lozimki: ayollarning 5 vaqt jamoat namozga kelib turganligi haqida, ular bolalarini onasidan alohida bir joyga qo’yib qo’yilgani haqida ham xabar bermoqda. Demak, mana bu holat shu namozga iqtido qilib turgan ayolning ibodatda xotirjamroq bo’lishiga yordam bo’ladigan narsa bo’lsa, bu – riyo emas. Ixlosga zid bo’lmaydi, birodarlar. Bundan murod, yuqorida so’ralgan holat: imom namozda quloq qoqib, birinchi rakaatni o’qiyotganda, oyoq tovushlarini eshitdi-yu, shularning mana shu rakaatga yetib olishliklari uchun, masalan, bamdod namozida uzunroq oyatlar o’qib odamlarning namozga ulgurishini maqsad qilishlik – ixlosga zid bo’lmas ekan. Demak, ixlosga zid bo’lmagan amalni yaxshi bilib olishimiz kerak. Birodarlarimizni yanada ibodat qilishliklarida yordam berishligimiz, bu – ixlosga zid bo’lmaydi! Alloh subhanahu va taoloning rizosi uchun ba’zi bir narsalarni Allohdan so’rash, hadislarning mazmunidan shu anglashiladiki, riyosatni so’ramaslik, xalqlar ustida peshvo bo’lishlikka xaris bo’lmaslik – ”amirlikka xaris bo’lmanglar, Qiyomat kuni nadomat bo’ladi” – lekin ”Robbana, xablana min azvajina va zurriyatina, xurvata a’yum va ja’alna li muttaqiyna limama” – ”Alloh o’zimizni juftlarimizdan, farzandlarimizdan, avlodlarimizdan ko’zimiz xursand bo’ladigan ne’matingni bergin” deb so’rashlik mumkin. Mo’min kishi oilasi, farzandlariga qachon ko’zi xursand bo’lib qaraydi? Allohning hukmiga bo’ysunib yurganligini ko’rishligi bilan xursand bo’ladi. Shuning uchun so’rayapmizki, ko’zimiz xursand bo’ladigan juftlar bergin va ko’zimiz xursand bo’ladigan zurriyotlar bergin va bizlarni mu’taqqiynlarga peshvo qilgin, deb. Muttaqiyn - kim? Allohdan qo’rqqan kishilar. ”Taqvo sifatiga ega bo’lgan kishilarga peshvo bo’lishlikni Allohdan so’raydi”, deb Alloh o’zining yaxshi bandalarini maqtayapti. Fosiqlarga peshvo bo’lsangiz. Ularga amri ma’ruf-nahyi munkar qilmasangiz, siz buning uchun Qiyomatda javob berasiz. Agar atrofingizda muttaqiynlar yig’ilgan bo’lsa, Qiyomat kuni hamma bir-birga dushman bo’lgan bu kunda, xatto ota-onalar ham savob bera olmayotgan vaqtda ular sizga do’st bo’ladi! .Dunyodagi halil(haqiqiy) do’stlar ham bu paytda bir-birga dushman, magar muttaqiynlar bir-birga do’stligicha qoladi. Shuning uchun ”muttaqiynlarga peshvo bo’lay” deb so’rashlik ixlosga zid emas, birodarlar. Mana shu hadislarning mazmunidan biz o’zimizga shunday xulosa chiqarib olishimiz kerakki, amal qachonki ixlos sifati bilan yuzaga kelsagina Alloh huzurida maqbuldir! Alloh subhanahu va taolo 2 ta sifatga ega bo’lgan amalni qabul qiladi. Bu – ixlos, ya’ni xolis Alloh uchun amal qilish. Ikkinchisi esa bu amalni Kitobu Sunnatga muvofiq qilishlik. Demak, ibodat Allohning o’ziga bo’lishi kerak hamda Alloh buyurgan suratda bo’lishligi shart! Allohning huzuriga kalimut toyyib va amali solihgina ko’tariladi. Rasululloh sallallahu alayhi vassallamning hadislari bizning xulosamizga dalolatdir: - Jannatga hech kim amali bilan kira olmaydi. (Ya’ni bu ne’matga loyiq katta amal qila olmaydi kishi). Sahobalar: - Yo Rasululloh, sizning amalingiz ham Jannatga olib kirishlikka yetarli bo’lmaydimi? – deb so’radilar. - Maning amalim ham jannatga olib kira olmaydi!.. Magar Alloh O’zining rahmati bilan burkagandagina, o’ragandagina, Allohning fazli bilan kiradi. – deb javob qildilar Rasululloh sallallahi alayhi vassallam. Chunki Alloh uluhiyat sifati, banda uhudiyat sifati. Qul! Qul hojasining buyrug’ini qiladi. Undan mukofot olishlik uchun qilmaydi. Dunyoning qullari shunaqa, birodarlar. Qul, masalan, hojasi – sayyidining buyrug’ini o’ylamasdan, fikrlamasdan qiladi. Undan bir mukofotni umid qilmaydi. Qul mukofotni maqsad qilmay, balki buyruqni bajaradi. Uning hikmati haqida ham bosh qotirmaydi. Fikr yurgizmaydi: ”Hojam buyurdi – men qildim” – deydi. Mukofotni talab ham qilmaydi. Demak, inson ham - Alloh subhanahi va taoloning quli. Alloh uning hojasi. Allohning buyrug’ini bajarishi ixlosni yuzaga keltiradi. Bu buyruqni Alloh buyurgandek bajarishlik esa Kitobu sunnatga muvofiq kelgan bo’ladi. Ana unda Alloh uni marhamatan, fazlan Jannat bilan mukofotlaydi. Uning qilgan amali Alloh bergan ne’matga – Jannatga loyiq bo’lmaydi. Shuning uchun ham ixlos bilan mukofotga sazovor bo’linadi. Mana shu ixlos – butun amallarning asosi, dinning negizi va mag’zidir! Agar ixlos bilan qilinmasa, bu qilinayotgan amallarning hammasi mana shu dunyoning o’zida qoladi, birodarlar. Shuning uchun ham, biz darsimizni dinning mag’zi, negizi, amallarning asosi bo’lgan ixlosdan boshladik. Darsimizning imoratiga birinchi g’ishtni to’g’ri qo’ya olsak, ya’ni har bir amalni ixlos asosida qilib olganimizdagina, amalimiz maqbul bo’ladigan maydonga chiqqan bo’lamiz. Bo’lmasa, bizning kechasi turib qilgan ibodatlarimiz agar Alloh rizosi uchun bo’lmasa, qilib yurgan yaxshiliklarimiz Alloh rizoligi uchun bo’lmasa, u holda bittagina amalni bir marta ixlos bilagan qilgan odam bizdan afzal bo’ladi, birodarlar. Shu boisdan, banda har bir qilayotgan harakatini Alloh rizoligi uchun qilmoqligi kerak. Tobe’inlardan biri: ”Men Rasululloh sallallahi alayhi vassallam sahobalaridan 70 kishini ko’rdimki, bularga biron bir kishini tenglashtirib bo’lmaydigan bu sahobalar munofiqlikdan qo’rqib, kechasiyu kunduzi ichu tashini bir xil qilishlikka harakat qilishar edilar” – deb xabar beradi. Mana, Huzayfa ibnul Yamoniy roziallohu anhu. Bu kishi ”Rasululloh sallallahu alayhi vassallamning sirlari” deb yod qilinardi. Rasululloh sallallahu alayhi vassallam bu kishiga sirlarini aytarkanlar, bu kishi Alloh bergan bir qobiliyat bor ekanki, u birovga bu sirlarni hech aytmas ekan. Sahobalar u kishiga qarab turishar ekanlar. Huzayfa ibnul Yamoniy agar bir kishining janazosiga uzrsiz bormagan bo’lsalar, ”Bu Rasululloh sallallahu alayhi vassallamdan eshitgan buning munofiqligini” degan o’y bilan u sahobalar ham borishmas ekanlar. Umar ibnul Xattob ko’proq shu haqda o’ylar ekanlar. Xattoki, shu zot ham nifoqdan qo’rqar ekanlar. - Yo Huzayfa, Allohga qasam ichib so’raymanki, ayamasdan gapirgin, RasulAlloh sallallahu alayhi vassallam meni munofiqlardan sanaganmi yoki yoqmi? - Yo’q, - degan ekanlar Huzayfa ibnul Yamoniy. Inson o’zining ixlos sifatini yo’qotishlik bilan munofiq safiga kiradi, chunki iymon – nima? ”Iqrorun billisan va ya’tiqodun biljanan va amalun bilarkan”. Iymon – til bilan iqror bo’lish, qalb bilan e’tiqod qilish va islomning ruknlariga amal qilishlikdir. Munofiqda til bilan iqror bo’lish topiladi. Ruknlarga amal qilish ham topiladi. Bizning qatorimizda yurib, namoz o’qiyveradi. Xattoki, josuslik qilib, shunga kelgan maosh bilan farzand tarbiyalayotgan odam ham sizning safingizda kirib, namozini o’qib yuraveradi! Tilida ”Laa ilaha illalloh!” deyaveradi… Agar tili bilan bo’lgan amal zohirda qilingan amal barobar bo’ladigan bo’lganda edi, eng katta munofiq bilan eng katta ixlosli odamning mukofoti barobar bo’lib qolar edi. Demak, shu ixlos sifati topilmaganligi uchun ”qalb bilan e’tiqod qilishlik” sifati topilmaganligi uchun ham u do’zaxning eng pastki qismida bo’ladi! Shuning uchun, birodarlar, agar biz ixlos sifatini paydo qilmaslik uchun harakat qilmas ekanmiz, u holda bizning amalimizning hammasi xabata bo’ladi. Oyati karimadan ma’nosi, wallohi a’lam, ”…va maa umiruu illa liyabdullahi muxlisiyna hunafaa…” Biz faqat tilimiz bilan iqror bo’lishlikka ma’mur bo’lmaganmiz… Biz yoinki zohirda amal qilib qo’yishlikka ma’mur bo’lmaganmiz… Balki dinni faqat Allohu subhanahu va taoloning o’ziga xolis qilib ixlos sifati bilan amal qilishlikka ma’mur qilinganmiz! Agar bu sifatni vujudga keltirmasak, Allohu taoloning oldiga borib, talab qiladigan mukofot yoq bizga, birodarlar. Nimaga? Odamlar uchun bo’lsa, ”Odamlar seni maqtagan” deydi. Shuning uchun ba’zi vaqtlarda amalingiz yoki boshqaga o’zingizning xaridoringiz ko’payib ketayotgan vaqtda, o’zingizni bir tekshirib ko’ring! Haridoringiz yo’qolib borayotganda, ”Alhamdulillahki, menga ham ixlos sifati nasib bo’lyapti” deb e’tiqod qilmoqligimiz kerak. Alloh Taolo mana shu sifatga hammamizni muvaffaq qilsin! O’tgan vaqtdagi gunohlarimiz Alloh Taolo mag’firat qilsin! Ibodatlarimizni Alloh qabul qilsin! Ixlos ne’matini bizlarga ham Alloh Taolo nasib qilsin! Agar shu sifatga biz mutassid bo’lsak, boshqa narsalar bizga zarar qilmaydi! Alloh Taolo bizning amallarimizga muxtoj emas! Biz QULligimizni shunday Alloh Taologa ko’rsatib, butun vujudimiz bilan ”QULMAN” degan narsani Allohga ko’rsatishlikka biz ma’mur bo’lganmiz. Mana shu ma’mur bo’lgan narsani ko’rsata olsak, Alloh Taolo tomonidan bo’lgan mukofotga sazovor bo’lamiz. ”Allohning beradigan matosi qimmatdir. Arzon emas! Allohning beradigan matosi – JANNATdur!” Mana shunday bilmog’imiz kerak. Bu Jannat faqat ixlos sifatiga ega bo’lgan zotlarnikidir. Agar ahli jannatlarning zikrini ko’rsangiz, ”Ahli jannat bo’lishdi shu sifat bilan” deyishsa, o’ylaysizki: ”Mening amalim qayerda-yu, ahli jannatning amallari qayerda?” Do’zax ahlilarining sifatlarini ko’rsangiz, ularni ko’rib: ”Alhamdulillah, men bunchalik rasvo bo’lmadim-ku” degan hayolga borasiz. Demak, mo’min kishi doim xavf va ra’joda – Allohning azobidan qo’rquv va Allohning rahmatidan umid qilishlik bilan yashamoqligi kerakdir… Alloh subhanahu va taolo shu darsimizni doim davom etishlikka nasib qilsin.
Tag Shayx , Abduvali , Qori , Ixlos , Haqida ,
Share bagikan ke fb bagikan ke twitter bagikan ke Google+









Related Song


Articel Code


Judul Articel :

Isi Articel :
 
 

© Copyright 2017 All Rights Reserved. | Indogratismp3.xyz - Download Lagu Mp3 Gratis Download Mp3